Federiko Keza hali ham "Liverpul"ni tark etishi mumkin

  • 19 sentabr, 14:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Federiko Kezaning jamoani tark etishi hali ham ehtimoldan xoli emas. Yozda unga A Seriya klublaridan qiziqish bo‘lgan, ammo "qizillar" italiyalik futbolchini qo‘yib yuborishdan bosh tortgan.

Tecno

"Football Insider"ning xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi sentyabr oyida ham jamoani tark etishi mumkin. Unga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda, bu mamlakatda transfer oynasi 23 sentyabrgacha ochiq qoladi.

Oy boshida "Beshiktosh" ham Kezani ijaraga olishga uringan, biroq mersisaydliklar bilan kelishuvga erisha olmagan.

"Transfermarkt" nashrining portali ma’lumoticha, "Fiorentina" tarbiyalanuvchisining bozor qiymati 14 million evroni tashkil etadi. Uning "Liverpul" bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!