
Fellayni Evropa ligasida hafta futbolchisi deb topildi
UEFA matbuot xizmatining xabar berishicha, Evropa ligasi yarim final bosqichi javob bellashuvlari o‘tgan ushbu haftaning eng yaxshi futbolchisi deb “Manchester Yunayted” klubi futbolchisi Maruan Fellayni e’lon qilindi.
“Selta”ga qarshi kechgan kechagi o‘yinda belgiyalik yarim himoyachi gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Ma’lumot uchun, “MYu” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Selta”ni mag‘lub etdi va final yo‘llanmasiga ega chiqdi. 24 may kuni Stokgolmdagi “Frends Arena”da o‘tadigan final o‘yinida “qizil iblislar”ga “Ayaks” raqiblik qiladi.
Fikrlar