"Fenerbahche" Xorvatiya terma jamosi posboni bilan kelishib oldi

  • 15 iyul, 2023, 17:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2022 yilgi jahon chempionatida ajoyib seyvoari bilan grandlar e’tiborni tortgan xorvatiyalik darvozabon Dominik Livakovich Zagrebning "Dinamo"sidan "Fenerbaxche"ga o‘tishga yaqin turibdi. Turk giganti 28 yoshli futbolchi bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi, deb yozadi nufuzli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda.

Tecno

Qayd etilishicha, "Fenerbaxche" "Dinamo" bilan transfer summasi borasida kelishuvga yaqin turibdi.

Dominik Livakovich "Transfermarkt" tomonidan 12 million evroga baholanmoqda. Darvozabonning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!