"Fenerbaxche" PSJning ikki futbolchisi bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • 21 iyul, 21:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milan Shkrinyar "Fenerbaxche" safida qoladi. Qishda PSJdan ijara asosida Turkiyaga o‘tgan slovakiyalik himoyachi bilan to‘liq transfer bo‘yicha kelishuvga erishildi. U klub bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 7,5 million evro maosh oladi. Bu haqida "Footmercato" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Shkrinyar PSJda Luis Enrike qo‘l ostida asosiy tarkibdan chiqqan va Frantsiya chempionatida o‘z o‘yinini topa olmagandi. Turkiyada 20 o‘yin, 3 gol va 1 assist bilan yaxshi formani tiklab oldi. U bilan "Galatasaray" ham qiziqqan, biroq futbolchi "Fenerbaxche"ni tanladi.

Shuningdek, Marko Asensioning ham Turkiya klubiga o‘tishi to‘liq kelishib olindi. 29 yoshli futbolchi ham PSJdan ketib, "Fenerbaxche" safida faoliyatini davom ettiradi. Transfer narxi taxminan 10-15 million evro atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, ispaniyalik hujumchi o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini Angliya Premer-ligasining "Aston Villa" klubida o‘tkazib, 21 ta uchrashuvda maydonga tushgan holda, 8 ta gol va 1 ta golli uzatmani ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!