Ferdinand: «Bir kuni Bellingem “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritadi»

  • 07.08.2026 10:55
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand fikricha, uning hamyurti Jud Bellingem kelajakda dunyo futbolidagi eng nufuzli shaxsiy mukofot sohibiga aylanishi mumkin. Bu haqida «Manchester Yunayted»ning eks-futbolchisi o‘zining Rio Ferdinand Presents podkastida gapirgan.

 

«Menimcha, bir kuni Bellingem “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritadi», – deya ta’kidlagan Ferdinand.

 

Jud Bellingem hozirda madridlik «Real» sharafini himoya qilmoqda. Iyun oyi oxirida ingliz yarimhimoyachisi 23 yoshni qarshiladi. 2026 yildagi jahon chempionatida «qirollik klubi» yulduzi Angliya terma jamoasi tarkibida 8 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va bir bor golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!