
Fernandesh "Manchester Yunayted"ga 100-marotaba foyda keltirdi
"Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasining 7-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinni "Kristal Pelas"ga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuv 1:1 hisobida durrang natija bilan yakunlandi.
Ushbu uchrashuvda "qizil iblislar"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bruno Fernandesh ishtirok etib, gol urdi. "Squawka" portalining xabar berishicha, bu sermahsul harakat Fernandesh uchun mankunianliklar safidagi yuzinchisi bo‘ldi.
Yarim himoyachi 2020 yilning yanvarida Sporting"dan 55 million evro evaziga ko‘chib o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Fernandesh 18 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar