
Fernandesh “Manchester Yunayted”ni o‘zgartirib yuboradigan shart qo‘ydi
“Manchester Yunayted”ning eng foydali o‘yinchisiga aylanib qolgan Brunu Fernandesh klub rahbariyatidan yangi shartnoma bo‘yicha taklif oldi. Unga ko‘ra, portugaliyalik hujumkor futbolchi haftasiga 200 ming funt maosh belgilangan besh yillik bitimni imzolashi kerak.
Kutilmaganda, Fernandesh klub rahbariyati oldiga murakkab talab qo‘ydi. U agar frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba “Manchester Yunayted”da olib qolinsagina yangi kelishuvni qabul qilishini bildirdi.
26 yoshli yulduz jamoadoshi Pol Pogba MYuning sovrinlarni yutishiga yordam berishiga ishonmoqda.
“Manchester Yunayted” shartnomasi kelasi yili yakunlanadigan Pogbani yozda sotib yuborishni rejalashtirayotgan edi. Frantsiyalik futbolchiga “Real” va “Yuventus” xaridor hisoblanadi.
Fikrlar