
Fernandeshning kelajagi vanihoyat hal bo‘ldi
"Manchester Yunayted"ning 30 yoshli yarim himoyachisi Bruno Fernandesh Evropada qolishni maqsad qilgan, deb xabar bermoqda ishonchli manba Fabritsio Romano.
Ilgari portugaliyalik futbolchi oilasi bilan Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish masalasini muhokama qilayotgani haqida ma’lumot tarqalgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchiga Saudiyaninh "Al-Hilol" klubidan kattaroq maosh bilan taklif tushgan edi. Lekin Bruno rad etgani va jamoada qolishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi.
O‘tgan mavsumda Fernandesh Premer-ligada 36 ta o‘yinda ishtirok etib, gol+pas tizimida 18 ochko (8+10) to‘pladi.
Fikrlar