Ferran Torres "Barselona"gi kelajagi borasida qaror qabul qildi

  • 19 yanvar, 2023, 09:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Ferran Torres jamoada qolishni istamoqda va hali-beri ketish niyati yo‘q. Bu haqda italiyalik insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kataloniya klubi rahbariyati Torresning joriy mavsumdagi o‘yinlaridan hafsalasi pir bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Jamoa uni bir yil avval "Manchester Siti"dan 55 million evro evaziga xarid qilgandi va hozir undan qutulishga qarshi emas.

22 yoshli "ko‘kanorranglilar" a’zosi joriy mavsum La Liganing 15 bahsida ikkita gol urdi. Yaqinda ispaniyalik futbolchi "Atletiko Madrid" bilan o‘yinda qizil kartochka olgandi va shu bois u chempionatning navbatdagi ikki uchrashuvini diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!