
FIFA 48 ta jamoa ishtirok etuvchi JCh-2026ning yangi formatlari ustida ishlamoqda
2026 yilgi jahon chempionatida ishtirokchilar soni 32 tadan 48 tagacha ko‘payganligi haqida xabaringiz bor. Shu sababli yangi turnir formati vujudga keladi hamda FIFA bu borada uchta asosiy variantni ko‘rib chiqmoqda.
Ularning birinchisida har birida 4 tadan jamoa bo‘lgan 12 ta guruh tuzilishi mumkin. Bunda uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar (birinchi va ikkinchi jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi) ham pley-offga chiqadi.
Ikkinchi variant esa ishtirokchilarni ikki qismga bo‘lib, ularning har birida 24 ta jamoa taqsimlanadi. O‘z navbatida, bu qismlar har birida 4 tadan jamoadan mavjud bo‘lgan 6 ta guruhga bo‘linadi. Shunday qilib, har bir bo‘lim g‘olibi kelasi bosqichga yo‘l oladi.
FIFA avvalroq e’lon qilgan uchinchi variant esa JCh-2026da 3 ta jamoadan iborat 16ta guruh tashkil qilishdir. Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar pley-offning birinchi bosqichiga (1/16 final) yo‘l oladi. Qayd etilishicha, bu variant jamoalardan biri taqvimdagi ustunlikka ega bo‘lishi sababli tashkilotchilarda xavotir uyg‘otmoqda.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar