FIFA futbolchilarga bir mavsumda 3 ta klubda o‘ynashga ruxsat berdi
FIFA reglamentga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritilishini e’lon qildi.
Tashkilot futbolchilarga bir mavsumda uchta klub sharafini himoya qilishga ruxsat berdi. Futbolchilar o‘rtasida ishsizlik xavfini kamaytirish uchun yangi qaror qabul qilindi.
Bungacha FIFA qarorlariga ko‘ra, futbolchi mavsum davomida rasmiy o‘yinlarda faqat ikkita klubda o‘ynashi mumkin edi.
Bundan tashqari, futbol assotsiatsiyalariga 2020/21 yilgi mavsum uchun 2019/20 yilgi mavsum yakuniga qadar ma’lum shartlar asosida transfer siyosatini yurg‘izishga ruxsat berdi.

Fikrlar