FIFA jahon chempionatini 64 ta jamoagacha kengaytirish bo‘yicha qaror sanasini belgiladi

  • 31.07.2026 18:23
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro futbol federatsiyasi jahon chempionatini 64 ta terma jamoagacha kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha tender e’lon qildi, deya xabar bermoqda Sports.kz The Press Association ma’lumotlariga tayanib.

Manbalarga ko‘ra, FIFA 2030 yildan boshlab jahon chempionati final bosqichini 64 ta jamoagacha oshirish g‘oyasini baholash uchun mustaqil agentlik jalb etishni rejalashtirmoqda. Rasmiy hujjatlarda qayd etilishicha, agentliklardan arizalar 7 avgustga qadar qabul qilinadi. FIFAning tender bo‘yicha yakuniy qarori 14 avgust kuni qabul qilinishi kutilmoqda, tahliliy hisobotni taqdim etish muddati esa 11 sentyabrga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidenti Janni Infantino avvalroq jahon chempionatini 64 ta jamoagacha kengaytirish masalasi muhokama qilinishini ma’lum qilgan edi. Mazkur tashabbus KONMEBOL prezidenti Alehandro Dominges tomonidan ilgari surilgan. U 2030 yildagi yubiley chempionatini aynan shu tarzda – kengaytirilgan formatda o‘tkazishni taklif etgan.

Loyiha amalga oshirilsa, jahon chempionatidagi o‘yinlar soni 2026 yildagi 104 ta bahs o‘rniga 128 taga yetdi. Terma jamoalar 4 tadan 16 guruhga ajratiladi, har bir guruhdan ikkita kuchli jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi, deb yozadi USA Today. Shu bilan birga, har bir jamoa uchun o‘yinlar soni o‘zgarmaydi: guruh bosqichida uchta, pley-offda esa beshta o‘yingacha maydonga tushish imkoniyati saqlanib qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!