FIFA prezidenti Meksikadagi tartibsizliklar fonida JCh-2026 o‘tkazilishi haqidagi savolga javob berdi
FIFA prezidenti Janni Infantino mamlakatdagi keskin vaziyat fonida JCh - 2026 oʻyinlari Meksikada oʻtkazilishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Vaziyat tinch, hozir hammasi joyida. Umuman olganda, hammasi muammosiz oʻtishi kerak", - deya Infantinoning soʻzlarini keltiradi AS.
Eslatib oʻtamiz, 22-fevral, yakshanba kuni Meksika Qurolli kuchlarining maxsus operatsiyasi natijasida mamlakatdagi eng yirik narkokartellardan biri "Yangi avlod Xalisko" (CJHG) yetakchisi“El Mencho” nomi bilan tanilgan Nemesio Osegara Servantesni yoʻq qilishdi. Shundan soʻng, Meksikaning bir qancha shaharlarida tartibsizliklar boshlandi. Bir necha shaharlarida, jumladan, Ispaniya - Urugvay uchrashuvi oʻtkaziladigan joylardan biri - Gvadalaxarada kartel ishtirokchilari avtomobillarga oʻt qoʻyib, yoʻllarni toʻsib qoʻygan.
2026 yildagi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha uchta davlat - AQSh, Meksika va Kanadada boʻlib oʻtishi kerak. Meksikada turnir uchrashuvlari Mexiko, Monterrey va Gvadalaxara shaharlarida boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston esa, mundialdagi ilk uchrashuvini Mexiko shahrida Kolumbiyaga qarshi oʻtkazadi.
Fikrlar