
FIFA reytingi yangilandi, O‘zbekiston nechanchi o‘rinni band etgan?
FIFA o‘z saytida terma jamoalar reytingining yangilanganini e’lon qildi. Kuchli uchlikda hech qanday o‘zgarish kuzatilmadi – Argentina birinchi o‘rinda, Frantsiya ikkinchi, Braziliya uchinchi o‘rinda. Rossiya terma jamoasi FIFA reytingida bir pog‘ona pastladi.
O‘zbekiston terma jamoasi o‘z o‘rnida, ya’ni 74-pog‘onada qoldi, Osiyoda esa 10-o‘rinda.
FIFAning kuchli 15 taligi quyidagicha:
1. Argentina
2. Frantsiya
3. Braziliya
4. Angliya
5. Belgiya
6. Xorvatiya
7. Niderlandiya
8. Italiya
9. Portugaliya
10. Ispaniya
11. AQSh
12. Shvetsariya
13. Marokash
14. Meksika
15. Germaniya
Fikrlar