
FIFA yilning eng yaxshi darvozaboni bo‘lish uchun nomzodlarni e’lon qildi
FIFA rasmiy sayti "The Best" sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan barcha darvozabonlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Nomzodlar orasida Alisson («Liverpul»), Janluiji Donnarumma (PSJ), Eduard Mendi («Chelsi»), Manuel Noyer («Bavariya») va Kasper Shmeyxel («Lester») kabi posbonlar joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, g‘olib 2021 yilning 22 noyabrdan 10 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadigan ovoz berish yo‘li orqali aniqlanadi. Sovrin egasiga 17 yanvar kuni topshiriladi.
Fikrlar