
Figu Rossiya klubining katta maoshli taklifiga qanday javob bergan edi?
"Moskva" klubi sobiq prezidenti Yuriy Belous "Real" va "Barselona" sobiq yarim himoyachisi Luish Figu bilan muzokara o‘tkazgani haqida aytib o‘tdi.
"Figuning transferi? Bu hazil emas. Biz u bilan muzokara o‘tkazganmiz. 2005 yil edi, adashmasam. Klub homiylari qiziqarli loyihalar uchun katta pul ajratishga hozir edi. Figuga 8 million evroli maosh taklifi yubordik. U uzoq o‘yladi va "yo‘q" deyish uchun shaxsan o‘zi Moskvaga keldi. O‘ylashimcha, uning uyqusiz tunlari talaygina bo‘lgan, chunki keyin u 2 million evroli maoshga "Inter"ga o‘tib ketdi", -deydi Belous.
"Moskva" klubi 2010 yilda moliyaviy muammolar sabab tugatilgan. Figu esa "Inter"ga erkin agent maqomida to‘rt yillik shartnoma imzolagan va 105 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar