Filipe Luis "Lion"ga o‘tishi mumkin
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Filipe Luis faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Yahoo Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Lion" klubi qiziqa boshlagan. Ta’kidlash kerakki, uning “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u yangi jamoasiga erkin agent sifatida borib qo‘shilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Filipe Luis kelajak faoliyati haqida Amerika kubogidan so‘ng bir qarorga kelishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Luis o‘tgan mavsum “Atletiko” safida 32ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar