
Final oldidan "Real" muxlislari uchun zo‘r xushxabar!
Madridning “Real” klubi braziliyalik himoyachi Eder Militao bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.
Yangi bitim Chempionlar ligasi finalidan so‘ng e’lon qilinishi kerak.
24 yoshli markaziy himoyachi 2019 yildan beri madridliklar safida to‘p tepib kelmoqda. Uning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil yoziga qadar amal qiladi.
Yakuniga etgan mavsumda Eder La Liganing 34 o‘yinida maydonga tushib, bitta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, "qaymoqranglilar" 28 may kuni EChL finali doirasida "Liverpul" bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv Parijdagi “Stad de Frans” stadionda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar