
“Fiorentina” 1 kunda 2 futbolchi sotib oldi
Italiyaning “Fiorentina” jamoasi Frantsiyaning “Nitstsa” klubi yarim himoyachisi Valenten Esserikni o‘z safiga qo‘shib oldi.
25 yoshli xavbek florentsiyaliklar bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
O‘tgan mavsumda Esserik “Nitstsa” safida barcha musobaqalarda 39 o‘yinda ishtirok etdi va 8 ta gol kiritib, 7 ta golga assistentlik qildi.
Qayd etish joiz, bu transfer “Fiorentina”ning kun davomidagi ikkinchi transferi bo‘ldi. Ilgariroq, “fialkalar” “Torino”dan yarim himoyachi Marko Benassini sotib olgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar