"Fiorentina" "Milan"ga Milenkovichning narxini e’lon qildi

  • 10 avgust, 2020, 19:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fiorentina" klubi rahbariyati "Milan" qiziqayotgan serbiyalik himoyachi Nikola Milenkovichning transfer narxini e’lon qildi.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “binafsharanglilar” 22 yoshli futbolchini 40 million evroga baholamoqda. Uni shaxsan “rossonerilar” bosh murabbiyi Stefano Pioli o‘z jamoasida ko‘rmoqchiligini inobatga olsak, rahbariyat ushbu transferni amalga oshirishga jiddiy urinib ko‘radi. “Milan” Milenkovich uchun “Fiorentina”ga Lukas Paketani qo‘shib berishga ham tayyor.

Nikola o‘tgan mavsum florentsiyaliklar safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 5 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Milenkovichga “Milan”dan tashqari "Napoli", "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublari ham xaridor bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!