Firas Zaxabi: "Shavkat Rahmonov - haqiqiy yirtqich"

  • 2 dekabr, 2024, 17:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sen-Perning murabbiyi Firas Zaxabi qozog‘istonlik Shavkat Rahmonov va irlandiyalik Ian Garri o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida fikr bildirdi.

“Shavkat juda kuchli yigit. Garchi ko‘p zarba o‘tkazib yuborib, yaxshi himoyalana olmasa ham uning yutqazganini ko‘rmadik. Bu bir kun kelib sodir bo‘lar, ammo Garriga qarshi bahsda emas, deb o‘ylayman. Rahmonovning chidamliligiga qoyil qolish kerak. U haqiqiy yirtqich", - dedi Zahabi o‘zining You Tube kanalida.

Eslatib o‘tamiz,  qozog‘istonlik va irlandiyalik o‘rtasida to‘qnashuv 8 dekabr kuni AQSh ning Las-Vegas shahrida, "UFC 310" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!