Firmino qaysi klub bilan muzokaralar olib bormoqda?

  • 22.03.2023 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik hujumchi Roberto Firmino "Liverpul"ni tark etishi va faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi uchun "Inter" asosiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda. “Neradzurrilar” allaqachon futbolchi bilan muzokaralar boshlab yuborishgan. Biroq, shartnoma haqida gapirishga hali erta.

Eslatib o‘tamiz, Firmino “Liverpul”ga qadar Germaniyaning “Xoffenxaym” klubida o‘ynagan. Uning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!