
Firminoga Turkiya chempionatidan taklif bor
Qishki transferlar oynasida "Al-Ahli"ni tark etishi kutilayotgan Roberto Firminoni o‘z safiga qo‘shib olishni istayotgan klublar orasiga "Fenerbaxche" ham qo‘shildi, deya xabar bermoqda "TalkSport" nashri.
Avvalroq, hujumchini "Sheffild", "Ash-Shabab" va "Al-Ittifoq" kabi jamoalar ijaraga olishi mumkinligi borasida mish-mishlar chiqqandi. Ammo hozircha hech qaysi klub bu transfer ustida faol ishlamayapti.
Eslatib o‘tamiz, Firmino yozda "Al-Ahli" safiga qo‘shilgan. Ushbu mavsumda futbolchi riyodliklar tarkibida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar