Fitna jazosiz qolmaydi. “Real” rahbarlari Ramosga qarshi!

  • 4 iyun, 2021, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Serxio Ramosning “Real”da kelajagi yo‘q, deb xabar bermoqda ispan nashrlari.

Tez orada shartnomasi yakunlanadigan 35 yoshli himoyachi klub bilan yangi bitim bo‘yicha kelisha olmagani etmaganidek, jamoadoshlarini maoshlarini 10 foizga qisqartirilishiga ko‘nmaslikka chaqirgani vaziyatni yanada og‘irlashtirdi.

Ramosning bu “qilig‘i” klub xo‘jayini Florentino Peresning g‘azabini qo‘zg‘agan.

“Qirollik klubi” moliyaviy inqirozdan qutilish uchun maoshlarini pasaytirmoqchi. Ramos esa rahbariyat bor futbolchilarning maoshidan kesib, tejalgan mablag‘ni Kilian Mbappening transferi uchun sarflashni reja qilishayotganini uqtirmoqda.

Endi “Real” Ramosdan butunlay voz kechadi. Uni o‘rnini yaqinda “Bavariya”dan Madrid klubiga o‘tgan David Alaba egallaydi.

Ramos “Real”ning sirini ochib, fitna chiqardi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!