Flik Arauxoning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi

  • 30.07.2025 18:51
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Xans-Diter Flik Ronald Arauxoning "Barselona"dagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

- Arauxoning jamoada qolishini tasdiqlay olasizmi? Yarim himoyachilar bo‘yicha vaziyat qanday?

- Ronaldmi? Arauxo atrofida doimo mish-mishlar ko‘p bo‘ladi, lekin uning ketmoqchi ekanligi haqida hech qanday yangilik yoki belgi yo‘q menda. Jamoam a’lo darajada, yuqori mahoratli futbolchilardan iborat. Barcha o‘yin pozitsiyalarida ikki kishidan bor, ba’zi o‘rinlarda esa uch nafar o‘yinchimiz mavjud. Buni boshqarish oson emas, albatta, ammo men bundan mamnunman.

Ronald haqida gap-so‘zlar paydo bo‘layotganidan hayratdaman, - dedi "Barselona" bosh murabbiyi.

Ma’lumot uchun, himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yarmiga qadar amal qiladi. Transfermarkt futbolchini 35 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!