
Flik “Barsa” xo‘jayinidan mashhur yulduzni olishni so‘radi
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub rahbariyatidan “Liverpul” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Trent Aleksander-Arnoldni olib berishni so‘radi.
El Nacional nashrining yozishicha, hozir jamoa o‘ng qanot himoyasida Jyul Kunde to‘p tepayotganiga qaramay, Flik Trent u amalga oshirayotgan loyihaga ko‘proq mos kelishi va jamoani yanada kuchaytirishga qodirligini ta’kidlamoqda.
“Liverpul” bir necha oydan beri 26 yoshli himoyachini yangi shartnomaga ko‘ndira olmayapti. Trentga “Real” ham ko‘z tikmoqda.
Angliya klubi o‘yinchini bepul ketib qolishini inobatga olib, uni qishki transferlar vaqtida sotib yuborishga tayyorligini bildirdi.
Transfermarkt portali ekspertlari “Liverpul” tarbiyalanuvchisini 70 million evroga baholamoqda.
Fikrlar