
Flik "Barselona" bilan shartnomani uzaytirish haqidagi savollarga javob bermadi
Yaqinda Xans-Diter Flik "Barselona" bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo murabbiy bu masalada aniq gapirmadi.
— Kelasi mavsumda ham jamoani boshqarishimni o‘ylayman. Mening amaldagi shartnomam 2026 yilgacha. Ilgari ham aytganman: bu erda o‘zimni baxtli his qilaman, hammasi yoqadi. Lekin hozir bu haqda o‘ylash payti emas.
— Hozirgi vazifamiz — maqsadlarga erishish va jamoaga to‘liq e’tibor qaratish, – deya so‘zini yakunladi nemis mutaxassisi.
Ma’lumot o‘rnida, "ko‘k-anorranglilar" ertaga Chempionlar ligasining yarim final bosqichida Milanning "Inter" klubi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar