Flik "Barselona"da qolmoqchi — yangi shartnoma kelishuvi bor
Xans-Diter Flik katta ehtimol bilan "Barselona" bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
"Catalunya Radio" ma'lumotiga ko‘ra, nemis mutaxassisi va Kataloniya klubi shartnomani 2027/28 mavsum oxirigacha uzaytirish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan.
Hozirgi amaldagi kelishuv 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
Flik 2024 yil yozida "Barselona"ni qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa ikki marta Ispaniya Superkubogi, bir marta Ispaniya Kubogi va bir marta La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi.
Hozirgi mavsumda "Barselona" La Ligada peshqadamlik qilmoqda. Jamoa 31 turdan so‘ng 79 ochko to‘plagan va ikkinchi o‘rindagi "Real"dan 9 ochko oldinda bormoqda.
Fikrlar