Flik "Barselona"dagi faoliyatidan so‘ng murabbiylikni tugatishi mumkin

  • 29 aprel, 12:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona»" klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik faoliyatidagi so‘nggi jamoa aynan shu klub bo‘lishi mumkin.

Tecno

"Mundo Deportivo" nashrining yozishicha, "blaugrana"lar ustozi Xansi Flik o‘z intervyularida bir necha marta murabbiylik faoliyatini uzoq yillarga cho‘zmoqchi emasligini ta’kidlagan. Manbaga ko‘ra, 60 yoshli mutaxassis "Barselona"dan keyin murabbiylik faoliyatini yakunlash ehtimolini inkor etmayapti. Uning futboldagi keyingi qadamlari aynan kataloniyalik klubdagi muvaffaqiyatlarga bog‘liq bo‘ladi.

Image

Ayni paytda Flik "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirish arafasida turibdi. Avvalroq u "Bavariya" va Germaniya terma jamoasini boshqargan va katta yutuqlarga erishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!