Flik bir o‘yinchidan voz kechdi

  • 17 iyul, 06:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yangi mavsumda 33 yoshli yarim himoyachi Oriol Romeuga imkoniyat bermaydigan bo‘ldi.

Tecno

Tajribali o‘yinchi o‘tgan mavsumda “Jiron”ga ijaraga berilgan edi. Yangi chempionatda ham bu futbolchi o‘yin amaliyotisiz qolib ketadigan bo‘lyapti.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi rahbariyati Romeu bilan bir yildan keyin yakunlanadigan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. Bundan tashqari, mutasaddilari bu o‘yinchi bilan amaldagi bitimni muddatidan avval bekor qilish bo‘yicha ish olib boryapti.

Manbaga ko‘ra, Romeuga “Jirona” bosh murabbiyi Michel Sanches etarli darajada o‘yin amaliyoti berishga tayyor.

Romeu 2004 yilda “Barselona” tizimiga qo‘shilgan. 2011 yili ispaniyalik yarim himoyachi “Chelsi”ga o‘tgan. Keyinchalik “Sautgempton” va “Jirona” da o‘ynagach, 2023 yili yana “Barselona”ga qaytib kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!