 
                Flik: "Bu futbolchi "Barsa"ning yuragi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa yarim himoyachisi Pedri haqida fikr bildirdi. Uning fikricha, ispaniyalik futbolchi jamoaning asosiy ustinlaridan biri.
"Rafinya Pedrini jamoaning yuragi deb aytdimi? Ha, aynan shunday. Pedri fantastik futbolchi. U to‘pga tekkan zahoti haqiqiy sehrni ko‘rasiz. U tobora kuchayib bormoqda, o‘z ustida doimiy ishlaydi. Esimda, "Valensiya"ga qarshi o‘yinda biz uni ikkinchi bo‘limda maydonga tushirgandik — u butun o‘yinni o‘zgartirib yubordi", — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Joriy mavsumda 22 yoshli Pedri barcha turnirlar doirasida 59 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar