
Flik: Bu yulduzni ko‘zimdan tezroq yo‘qotinglar!
“Barselona” Ispaniya Superkubogi finali yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan uchrashuvda “Atletik” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Biroq aynan mana shu o‘yindan keyin bosh murabbiy Xans-Diter Flikning pleymeyker Frenki de Yong bilan munosabatlari o‘ta taranglashdi.
Germaniyalik mutaxassis niderlandiyalik futbolchining o‘yinidan umuman qoniqmadi va klub prezidenti Joan Laportaga Frenkini imkon qada tezroq jamoadan yo‘qotishni so‘radi.
Bilbaoliklarga qarshi uchrashuvning 73-daqiqasida Flik de Yongni maydonga tushirdi. Tajribali futbolchi barqaror o‘yin namoyish eta olmadi. Hatto uning qo‘pol xatosi “Barselona” uchun qimmatga tushishiga bir bahya qoldi.
Bu bellashuvdan keyin Xansi Flik niderlandiyalik yarim himoyachi o‘yin sxemasiga umuman to‘g‘ri kelmasligiga amin bo‘ldi.
Kataloniyaliklar bilan 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega bo‘lgan Frenki de Yong katta maosh oladigan o‘yinchilardan hisoblanadi. Shu bois, unga xaridor topish juda qiyin.
Fikrlar