
Flik Germaniya terma jamoasidan iste’foga chiqariladimi?
Xansi Flik Germaniya terma jamoasidan iste’foga chiqarilmaydi. Unga mamlakat futbol ittifoqi (DFB) va terma jamoa futbolchilari ishonch bildirmoqda.
Sport1.de xabariga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqa olmaganiga qaramay, 57 yoshli mutaxassisning iste’fosi haqidagi masala hatto muhokama ham qilinmayapti. Germaniya futbol ittifoqi (DFB) ijroiya qo‘mitasi a’zolari hamon Flikga ishonishadi. Murabbiyning mahoratini Germaniya terma jamoasining ko‘plab futbolchilari yuqori baholaydi.
Biroq, DFB prezidenti Bernd Noendorf Flikdan Germaniyaning JCh-2022dagi natijalarini imkon qadar tezroq tahlil qilishini va Evro-2024 ga tayyorgarlik ko‘rishdagi muammolarga echim taklif qilishini kutmoqda.
Keyingi hafta Frankfurtda Flik hamda DFB rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar