
Flik: "Kuchimizni namoyish etishimiz kerak"
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya chempionatining "Selta"ga qarshi bo‘ladigan o‘yini haqida o‘z fikrini bildirdi.
- "Selta"ning o‘ziga xos aniq uslubi va o‘yin falsafasi mavjud. Aynan shu sababli biz uchun o‘zimizning kuchli tomonlarimizni namoyish etish juda muhim, - dedi Flik matbuoi anjumanida.
Ma’lumot uchun, La Liganing 32-turi doirasida "Barselona" va "Selta" o‘rtasidagi uchrashuv 19 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar