Flik sharmandali mag‘lubiyat alamini Levandovskidan oldi

  • 03.12.2024 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Barselona” 15-tur uchrashuvida o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Las-Palmas”dan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Bu muvaffaqiyatsizlik bosh murabbiy Xans-Diter Flikka og‘ir botdi.

Navbatdagi mashg‘ulotlarni boshlashdan avval germaniyalik mutaxassis jamoa to‘purari Robert Levandovski bilan alohida suhbat o‘tkazdi.

Sport.es saytining yozishicha, Flik polshalik hujumchisiga ochiqchasiga e’tiroz bildirgan va Levandovski “las-Palmas”ga qarshi uchrashuvda o‘z darajasida o‘ynamaganini aytgan. Manbaning ta’kidlashicha, Levandovski murabbiy e’tirozlarini qabul qilgan.

36 yoshli hujumchi joriy mavsumda “Barselona” safida barcha turnirlarda 20 ta uchrashuv o‘tkazib, 22 ta gol va ikkita assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!