Flik va Deku "Barsa"dan yarim himoyachi ketishini istashmoqda

  • 2 avgust, 16:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning "Barselona" klubi sport direktori Deku va bosh murabbiy Xans-Diter Flik tarkibni optimallashtirishmoqchi. Bu haqda sport.es xabar bermoqda.

Tecno

Ularning fikricha, jamoa yarim himoya zonasidagi ortiqcha o‘yinchilar bilan xayrlashish kerak. Sotuvga nomzodlardan biri akademiya tarbiyalanuvchisi Mark Kasado hisoblanadi. Kasadoning o‘zi hech qaerga ketishni istamayapti, biroq futbolchi uchun 30 million evro to‘lashga tayyor klub topilsa, uning avvalgi o‘rnida qolishi juda qiyin bo‘ladi.

Avvalroq, futbolchiga "Chelsi," "Arsenal" va MYu klublari qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi, ammo hozircha "Barselona" ko‘rib chiqishga arziydigan aniq taklif olgani yo‘q.

O‘tgan mavsumda 21 yoshli Kasado klub miqyosida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!