Flik: Yanada yaxshiroq bo‘lishga harakat qilamiz

  • 3 mart, 16:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xans-Diter Flik "Barselona" - "Real Sosedad" uchrashuvi haqida fikr bildirdi. 

"Darvozamiz daxlsizligini saqlash juda muhim edi. Biz hafta davomida bu haqda ko‘p gaplashdik. 

Hammamiz juda yaxshi ishlayapmiz. Agar birinchi bo‘limda biroz tartibliroq harakat qilganimizda, ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. 

Yigitlardan, ayniqsa Jerar Martindan juda xursandman. Bu muhim qadamdir. Levandovskining goli? Hujumchilar uchun gol urish doim muhim. Unga biroz omad kulib boqdi. Men bundan xursandman. 

Har bir uchrashuvdan so‘ng yanada yaxshiroq bo‘lishga harakat qilamiz va buyog‘iga ham shunday qilishda davom etamiz", -
dedi "ko‘k-anorranglilar" ustozi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!