Flik: “Yutishimiz — fantastika, ammo himoyada ishlarimiz yaxshi emas”

  • 12 may, 00:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” ustidan 4:3 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa himoyasi haqida tanqidiy fikr bildirdi:

Tecno

“Bu g‘alaba muxlislar va futbolchilar uchun. Bu – fantastika.

"Real" – ajoyib jamoa. Biz 0:2 hisobidan qayta oldik, bu esa Milandagi 120 daqiqalik o‘yindan keyin ro‘y berdi. Jismoniy tomonlama bu engil bo‘lmadi, ammo uddaladik. Rostini aytsam, yuragimni ham tekshirtirishim kerak.

Himoyada ishlashimizni ancha yaxshilash kerak. Pressingda barchasi yaxshi ketadi, biroq birinchi goldagi kabi xatoga yo‘l qo‘ysak, vaziyat murakkablashadi. Jamoa jamoaviy jihatdan to‘g‘ri qarorlar qabul qilmoqda. Bizga qarshi kuchli futbolchilar o‘ynadi. Bu bahona emas, lekin mashg‘ulotlarda bunday vaziyatlarni ko‘p ishlay olmaslik bizga ta’sir qilmoqda – har uch kunda bitta o‘yin bor.

Bizga o‘sish kerak va shunga qarab yozgi tayyorgarlik rejalarini tuzayapmiz” - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi germaniyalik murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!