
Florentino Peres "Liverpul"ning yosh yulduzini ko‘z ostiga olib qo‘ydi
"Liverpul" vingeri Rio Ngumoxa Madridning "Real" klubi qiziqishlar doirasiga tushdi. Ispaniya grandi prezidenti Florentino Peres mersisaydlik 17 yoshli vunderkind iste’dodining ashaddiy muxlisi hisoblanadi, deb yozmoqda Defensa Central. Bundan tashqari, angliyalik futbolchining o‘zi ham "qaymoqranglilar" muxlisi degan taxmin bor.
Yaqinda Rio Ngumoxa Premer-ligadagi debyutida "Nyukasl"ga (3:2) qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, g‘alaba to‘pini kiritdi. Is’tedodli futbolchi APL doirasida "Liverpul" tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylanib, rekord o‘rnatdi.
"Transfermarkt" portali Ngumoxaning narxini 10 mln evroga baholamoqda.
Fikrlar