
Florentino Peres Lukas Vaskesning ketishi haqida gapirdi
Chorshanba kuni "Real" rasman himoyachi Lukas Vaskesning jamoani tark etayotganini e’lon qildi. Ushbu voqea munosabati bilan klub prezidenti Florentino Peres o‘z fikrlarini bildirdi.
"Lukas Vaskes — bu "Real" qadriyatlarining yorqin namoyonchisi. Ushbu futbolkada u mehnatsevarlik, qat’iyat, kamtarlik va g‘alaba ruhini namoyon etdi — bunday xislatlar muvaffaqiyat uchun zarur. U klub ishqibozlarining sevimli futbolchisiga aylandi.
"Real Madrid" uning uyi edi va hamisha shunday bo‘lib qoladi" — dedi Peres klub rasmiy saytiga.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik himoyachi :qirollik klubi" safida safida 23 ta sovrin qo‘lga kiritgan va klub tarixida muhim o‘rin egallagan futbolchilardan biri sanaladi.
Fikrlar