Florian Virts Bundesligada yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi

  • 14 fevral, 13:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" yarim himoyachisi Florian Virts Bundesliganing yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tecno

21 yoshli futbolchi ovoz berishda "Bavariya" a’zosi Joshua Kimmix va Maykl Olise, "Leyptsig" futbolchisi Villi Orban va Xavi Simons hamda "Verder" futbolchisi Romano Shmidni ortda qoldirdi. Florian Virts yanvar oyida Germaniya chempionatining to‘rtta uchrashuvida qatnashib, ikkita gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Leverkuzenliklar etakchisi joriy mavsumdagi barcha turnirlarda Alonso jamoasida 34 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Bayer" Bundesliga turnir jadvalida "Bavariya"dan 8 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoalar 15 fevral kuni o‘zaro o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!