Floyd Meyvezer boksga qaytadimi yoxud ko‘rgazmali janglar uchun qancha gonorar olishini ma’lum qildi

  • 21 noyabr, 2019, 12:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer professional boksga qaytishni rejalashtirmaganini aytdi.

Tecno

"Menga boksga qaytish kerak, deb aytishdi. Ammo birinchi navbatda men uchun sog‘liq muhim. Boks juda shafqatsiz. So‘nggi yillarda ringda bir nechta bokschi vafot etdi. Qachon o‘z vaqtida ketish kerakligini bilishingiz kerak.

Lekin men hali ham sayohat qilaman va ko‘rgazmali janglarini o‘tkazish niyatidaman. Men bir vaqtning o‘zida bunday jang uchun 10-30 million dollar pul ishlashim mumkin.

O‘ylaymanki, shu yo‘l bilan ham ko‘pgina professional bokschilarga qaraganda ko‘proq pul topa olaman”, -dedi Meyvezer.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!