Floyd Meyvezer NBAda basketbol klubini sotib olmoqchi
Engilmas amerikalik bokschi Floyd Meyvezer basketbol afsonalaridan biri Mejik Jonson bilan uchrashib, u bilan tushgan rasmini ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan biriga joylagan. Rasm izohiga esa NBA klublardan birini sotib olish vaqti kelganini yozib qo‘ygan.
– Mejik Jonson bilan ajoyib uchrashuv. NBAda klub sotib olish vaqti keldi. Agar siz jamoayingizni sotmoqchi bo‘lsangiz, men bilan bog‘laning, – deb yozgan Floyd.

- Meyezer professional boksda 49 jang o‘tkazib, barchasida zafar quchgan.
- Bokschi 2015 yil sentyabrida so‘nggi jangini o‘tkazgan va shundan so‘ng faoliyatini tugatgan edi. Ammo u MMA jangchisi Konor Makgregor bilan urushish uchun ringga qaytmoqchi.
- Mejik Jonson NBAning “Leykers” jamoasida 906 uchrashuv o‘tkazgan.
- Mejik – 5 karra NBA chempioni, 3 karra MVP va muntazam chempionatlar finalchisi.
Konor Makgregor Meyvezer o‘rniga Pakyaoni ringga chaqirishi mumkin

Fikrlar