Floyd Meyvezer shogirdi juda katta va’da berib yubordi
Birinchi engil vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni, afsonaviy Floyd Meyvezerni shogirdi Jervonta Devis birinchi o‘rta vazn toifasidagi WBA va IBF kamarlari sohibi Josh Teylorga qarshi jang o‘tkazish niyatida.
"Men engil vazn toifasidagi barcha ishlarimni tugatganimdan so‘ng, birinchi o‘rta vazn toifasiga o‘taman. U vaznda Teylor bilan jang qilish istagidaman. Josh, men seni to‘xtatishga va’da beraman ",- dedi Devis.
Eslatib o‘tamiz: 28 dekabr kuni Atlanta shahrida Devis engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Yuriorkis Gamboa bilan jang qiladi.



Fikrlar