Floyd Meyvezer va Pakyao revansh jangi Xitoyda bo‘ladimi?

  • 12 oktabr, 2019, 12:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer 2020 yilning birinchi yarmida WBA chempioni Menni Pakyao bilan bo‘ladigan jang haqida qizg‘in bosh qotirmoqda.

Tecno

Bu haqda DEF Promotions kompaniyasi rahbari Jay Lau ma’lum qildi.

"Meyvezer Gonkongga ikki marta keldi, u o‘g‘lim Jeyson bilan gaplashdi. Endi u Pakyao bilan bo‘ladigan revansh haqida o‘ylamoqda.

Biz Xitoyda bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmali jang kechasi haqida suhbatlashdik. Ammo professional boks haqida emas. Bizning munozaramiz  Meyvezerning Yaponiyadagi Tenshin Natsukava bilan bo‘lgan o‘ziga hos shou tarzidagi jang oqshomi haqida bo‘lgandi.

Ammo bunga qadar unda Pakyao bilan revansh jangini o‘tkazish niyati paydo bo‘ldi. Shuning uchun biz muzokaralarni to‘xtatdik. Men bu jang tashkil etilishiga umid qilaman ", - dedi Lau.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!