Fonseka: "Bizning xatomiz – g‘alabaga erta ishonish bo‘ldi"

  • 18 aprel, 15:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" bosh murabbiyi Paulu Fonseka Evropa ligasi chorak finali javob uchrashuvida "Manchester Yunayted"ga qarshi kechgan dramatik mag‘lubiyat (4:5, qo‘shimcha vaqtda) haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Nima bo‘lganini tushuntirish qiyin. Hamma narsa biz tomonda edi – bir futbolchi kam bo‘lishimizga qaramay 4:2 hisobida oldinda edik. Ammo biz g‘alabani juda erta bayram qildik. O‘yin hali tugamagandi. Biz juda erta yutdik, deb o‘yladik. Bu erda bizga tajriba etishmadi.

Penaltidan keyin MYu futbolchilari bosimni kuchaytirishdi, to‘pni doim jarima maydoniga uzatishdi. Biz bu bosimga chidamadik" – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi portugaliyalik murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!