Fotima mashhur yulduzni bolasini tashlab ketganlikda aybladi

  • 26.04.2026 19:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Fotima Zahro ismli qiz Bundesliganing yangi chempioni “Bavariya” futbolchisi Maykl Olisedan farzand ko‘rganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, angliyalik futbolchi uni va farzandini tashlab ketgan va qiziga hech qanday g‘amxo‘rlik qilmayapti.

- Maykl Olise – qizimning otasi. Afsuski, u bizga xiyonat qildi, bir necha oydan beri men bolam bilan yolg‘iz qolib ketdim, - deb yozdi Fotima Zahro ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ayni paytda bir necha grand klublari nishonida turgan Maykl Olise bu ma’lumotlarga hozircha hech qanday izoh bermadi va hali e’tibor qaratmadi.

Futbolchining myunxenlik klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning qiymatini 140 million yevro deb baholamoqda.

Joriy mavsumda Maykl Olise barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda qatnashib, 18 ta gol urdi va 29 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!