Fotogalereya: Ronaldu 5 karra “Oltin to‘p” sohibi!
Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu France Football nashri tomonidan ta’sis etilgan “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritdi.
2017 yil davomida 32 yoshli futbolchi 57 bahsda ishtirok etib, 49 bor gol kiritib, 13 bor assistentlik qilib, 4 ta jamoaviy turnirda g‘olib chiqdi. Ronaldu ushbu mukofotni faoliyati davomida beshinchi bor qo‘lga kiritdi.
U bunga qadar 2008, 2013, 2014, 2016 yillarda ham ushbu sovringa ega chiqqan edi. Quyida Ronalduning “Oltin to‘p” taqdimoti marosimidan fotolavhalarni tomosha qiling.



Fikrlar