
FR: Ahmedov Superligadagi oxirgi golini qachon urgan edi?
Superliganing 9-turini ochib bergan "Buxoro" 1:0 "Metallurg" uchrashuvi haqida qiziqarli faktlarni keltiramiz:
1) "Buxoro" muxlislari uzoq muddatlik tanaffusdan keyin sevimlilarining Superligadagi g‘alabasini yana o‘z uylarida bayram qilishdi. Bunaqasi so‘nggi bor 2019 yilgi mavsumning oxirgi turida ro‘y bergan, o‘sha kuni OKMK so‘nggi daqiqalarda belgilangan shubhali penalti evaziga mag‘lub qilingan edi.
2) "Buxoro" himoyasi 13 o‘yinlik tanaffusdan keyin O‘zbekiston chempionatida yana nolga o‘ynadi. Eng qizig‘i, so‘nggi bor shunday voqea ro‘y berganida ham raqib "Metallurg" edi (2020 yilgi mavsumning 20-turi).
3) "Metallurg" qatorasiga 6-safar o‘yinida muvaffaqiyat qozonolmadi. Bekobodliklarning mehmondagi so‘nggi g‘alabasi o‘tgan mavsumning 22-turida "Dinamo" ustidan qo‘lga kiritilgan edi.
4) "Buxoro" 5 yillik tanaffusdan keyin "Metallurg"ni mag‘lub qildi. Bunaqasi so‘nggi bor 2018 yilning oktyabr oyida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Akobir To‘raevning yagona goli uchrashuv taqdirini hal qilgan.
5) Ro‘zimboy Ahmedov 4 yillik tanaffusdan keyin Superligada gol urdi. U so‘nggi bor "Andijon" tarkibida OKMK darvozasini ishg‘ol qilgan edi (2019 yilgi mavsumning 12-turi).
6) Xudoyshukur Sattorov 2 yillik tanaffusdan keyin yana maydonda chetlatildi. U oxirgi marta 2021 yilgi mavsumning 22-turida qizil kartochkaga yo‘liqqan edi.
7) Ulug‘bek Baqoev "Buxoro" ustozi sifatida dastlabki g‘alabasiga "Metallurg" bilan o‘yinda erishdi. E’tiborli jihati, ushbu mutaxassis "So‘g‘diyona"dagi ilk 3 ochkosini ham bekobodliklar bilan o‘yinda qo‘lga kiritga edi (2019 yil, aprel).
Fikrlar