
FR: Hasanovdan rekord, "Paxtakor"dan antirekrod...
Coca-Cola Superliganing 2-turi start oldi. Kun doirasidagi dastlabki o‘yinda "So‘g‘diyona" "Olimpik" bilan durangga erishgan bo‘lsa, "Paxtakor" Farg‘onada mag‘lubiyatga uchradi. Quyida mazkur bahslarga oid qiziqarli faktlarni keltiramiz.
1. "So‘g‘diyona"ning g‘alabasiz o‘yinlari qatorasiga 13ta o‘yinga etdi. Eng qizig‘i, bu seriya 2022 yilning avgust oyida aynan "Olimpik" maydonidagi mag‘lubiyat bilan boshlangan edi.
2. Jasur Hasanov O‘zbekiston chempionatlarining 23 mavsumida to‘p kiritgan tarixdagi 2-futbolchiga aylanib, Anvar Berdievning rekordini takrorladi. U "Navbahor", "Mash’al", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Qizilqum", "Nasaf", OKMK va "So‘g‘diyona" tarkibida raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan.
3. "So‘g‘diyona" Hasanov gol urgan bahslarni 12 o‘yindan beri yutqazmayapti. Bunaqasi oxirgi bor 2019 yilda sodir bo‘lgan edi.
4. "Olimpik" va "So‘g‘diyona" o‘rtasidagi oxirgi o‘yinni ham Abdurashid Xudayberganov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqargan edi. "Jar" stadionida o‘tgan o‘yin mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan tugagan.
5. "Paxtakor" 7 yillik tanaffusdan keyin "Neftchi"ga yutqazdi. Bunaqasi oxirgi marta 2016 yilning oktyabr oyida ro‘y bergan bo‘lib, Sherzod Hakimovning goli farg‘onaliklarga g‘alaba keltirgan. Qizig‘i, o‘sha bahsda ham Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlagan edi.
6. Bu "Paxtakor" tarixidagi eng yomon start hisoblanadi. "Sherlar" hali hech qachon chempionat boshidagi 2 o‘yinni yutqazishmagan edi.
7. "Neftchi" 16 yillik tanaffusdan mavsum avvalidagi 2 o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi. Bunaqasi oxirgi marta 2007 yilda sodir bo‘lgan edi...
Faxriddin Ro‘ziev
Fikrlar